
Benzema to‘p tepishni unutdi
Futbol statistikasi bilan shug‘ullanadigan mutaxassislar "Real" hujumchisi Karim Benzemaning natijalarini e’lon qilish orqali frantsiyalik futbolchining o‘yinga yaroqsiz ekanini ko‘rsatib qo‘yishdi.
Joriy mavsumni tahlil qilgan mutaxassislar Benzema bir uchrashuv davomida darvoza sari bittadan kam zarba berayotganini aniqlashdi. Asosiy ishi rpaqib darvozasini ishg‘ol qilish bo‘lgan Karim bir o‘yinda o‘rtacha 0,8 ta zarba berayotgan ekan. Bu Ispaniya chempionatidagi eng yomon uchta natijadan biri.
Shuningdek, bu ko‘rsatkich Benzema "Real"da o‘ynayotgan 2009 yildan buyon qayd etilgan eng yomon natija ekani aytilmoqda. Karim birinchi mavsumida La ligaga moslashish jarayonida ham har uchrashuvda qariyb bitta aniq zarba yo‘llardi.
Joriy mavsumla Karim Benzema La ligada 15 ta o‘yinda beshta gol urdi.
Fikrlar