"Betis" Meksika terma jamoasining 18 yoshli futbolchisi bilan kelishuvga erishdi
Ispaniyaning “Betis” klubi Meksikaning “Amerika” klubi bilan hujumchi Diego Laynesning transferi borasida kelishuvga erishganini e’lon qildi.
Klub rasmiy sayti tarqatgan xabarga ko‘ra 18 yoshli Meksika terma jamoasi a’zosi tibbiy ko‘rikdan o‘tganidan so‘ng sevilyaliklar bilan 2024 yilga qadar shartnoma imzolaydi. Ushbu transfer La Liga klubiga taxminan 14 mln evroga tushishi aytilmoqda.
Fikrlar