Biatlon qirolining jahli chiqdi
Olimpiada chempioni Marten Furkad Frantsiya terma jamoasining yangi mavsum uchun tayyorgarlik jarayoni va jamoadagi moliyaviy holat borasida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
"Biz barcha narsani tejayapmiz. Biz avgustda Shvetsiyada yig‘in o‘tkazishni rejalashtirgan edik. Keyinchalik pulni tejash maqsadida mazkur yig‘in bekor qilindi va Premanoneda yig‘in o‘tkazildi. Bu erdagi yig‘in Shvetsiyaga nisbatan har odam hisobiga kuniga 20 evrodan arzonroqqa tushdi. Bizni mehmonxonaga ham joylashtirishmadi. Kottejlarga joylashdik. Hattoki, bizga ovqatni do‘stlarimiz tayyorlab berishdi. Bepul albatta. Ammo bu sabablar, vajlar bizning maqsadimizga ta’sir ko‘rsatmaydi", - dedi Furkad.
Ma’lumot uchun, Furkad faoliyati davomida Olimpiya o‘yinlarida 5 marta zafar quchishga muvaffaq bo‘lgan. Jahon chempionatlarida 11 marta shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarila oldi. Qolaversa, jahon kubogi bosqichlarida 74 bor birinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan. Ketma-ket 7 mavsumdan beri eng yaxshi biatlonchi bo‘lib kelmoqda.
Fikrlar