Bilasizmi? "Xaddersfild" so‘nggi 19 yildan buyon "Chelsi"ni yuta olmayapti

  • 11.08.2018 11:55
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Bugun Angliya premer-ligasining dastlabki turidan o‘rin olgan bir qator uchrashuvlar bo‘lib o‘tadi. Jumladan, "Xaddersfild" shu kuni o‘z maydonida "Chelsi"ni qabul qiladi.

E’tiborlisi, "Xaddersfild" 1999 yildan buyon “aristokratlar”ni mag‘lubiyatga uchrata olmay kelmoqda. Ushbu jamoalar umumiy hisobda jami 66 marta to‘qnash kelishgan bo‘lib, shularning 29tasida “Chelsi”, 27tasida "Xaddersfild"ning qo‘li baland kelgan. Qolgan 10ta o‘yin esa durang bilan yakunlangan.

"Xaddersfild" – "Chelsi"

Stadion: "Gelfarm"

Boshlanish vaqti: 19:00

Arbitr: Kris Kavana

Taxminiy tarkiblar:

"Xaddersfild": Lessl, Xaderyonay, Shindler, Zanka, Kongolo, Xogg, Muy, Parra, Pitchard, Diaxabi, Mune.

"Chelsi": Kabayero, Aspilikueta, Ryudiger, Luis, Alonso, Fabregas, Jorjino, Barkli, Pedro, Xadson-Odoy, Morata.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!