Boks: O‘zbekiston chempionatining barcha g‘olib va sovrindorlari bilan tanishing

  • 17 dekabr, 2018, 18:56
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Samarqand shahri mezbonlik qilgan boks bo‘yicha O‘zbekiston chempionati ham yakuniga etdi. Mazkur musobaqada yurtimizning barcha hududlaridan 277 nafar charm qo‘lqop ustalari g‘oliblik uchun kurash olib borishdi.

Tecno

To‘rt kun davomida sportchilar 8 vazn toifasida saralanib, g‘olib va sovrindorlar aniqlandi.

Keskin va murosasiz o‘tgan qarama-qarshiliklarda muxlislar bir-biridan ajoyib janglar guvohi bo‘lishdi. Ayniqsa 52 kg vazn toifasida Hasanboy Do‘smatov yarim finalda terma jamoaning yana bir a’zosi Abrorjon Qodirovni to‘xtatgan bo‘lsa, finalda Xudoynazar Fayzovni mag‘lub qilib, O‘zbekiston chempioniga aylandi.

Shuningdek, 69 kg vaznda muxlislar yana bir murosasiz jang guvohi bo‘lishdi. Osiyoning eng yaxshilari qatorida e’tirof etilgan Iqboljon Xoldorov kutilmaganda Bobu-Usmon Boturovga imkoniyatni boy berib, kumush medalni qo‘lga kiritdi.

Musobaqaning g‘olib va sovrindorlari bilan tanishing:

52kg:
1. Hasanboy Do‘smatov (Andijon)
2. Xudoynazar Fayzov (Tosh.vil)
3. Nodirjon Mirzaahmedov (Toshkent)
3. Abrorjon Qodirov (Farg‘ona).

57kg:
1. Abdulhay Shorahmatov (Toshkent)
2. Otabek Xolmatov (Toshkent)
3. Hasanjon To‘raqulov (Tosh.vil.)
3. Mirazizbek Mirazhalilov (Farg‘ona).

63kg:
1. Aliyor Noraliev (Tosh.vil.)
2. Shukurjon Rahimov (Buxoro)
3. Shunqor Abdurasulov (MVSK-T.v.)
3. Kamronbek Eshmatov (Andijon).

69kg:
1. Bobo-Usmon Boturov (Jiz-Dinamo)
2. Iqboljon Xoldorov (Andijon)
3. Fazliddin Meliboev (Farg‘ona)
3. Jahongir Rahmonov (Tosh.vil.-Dinamo).

75kg:
1. Fanat Qahramonov (Samarqand)
2. Odiljon Aslonov (Buxoro)
3. Akmurod G‘affarov (Tosh-Surx)
3. Otabek Turdixo‘jaev (Andijon).

81kg:
1. Xurshid Abdullaev (Samarqand)
2. Dilshod Ro‘zmetov (MVSK-T.v.)
3. Qozimbek Mardonov (Farg‘ona)
3. Akmalbek Qosimov (Farg‘ona).

91kg:
1. Madiyar Saidrahimov (MVSK-T.v.)
2. Rustam To‘laganov (Tosh-Dinamo)
3. Rorimsha Profsor (Buxoro)
3. Sardor Yormuhammedov (Buxoro).

+91kg:
1. Ulug‘bek Mubinov (IIVAkad-Bux)
2. Obidjon Tohirov (Farg‘ona)
3. Mirzohidjon Abdullaev (Tosh-Dinamo)
3. Rustamjon Ismoilov (Farg‘ona).

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!