Bolalar va o‘smirlar futboli: “Navro‘z Kubogi” finalida "Iftixor" va "Yangier" jamoalari

  • 6 aprel, 2018, 14:43
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston futbol Assotsiatsiyasining sun’iy qoplamali maydonida O‘FA taqvim rejasida belgilangan “Navro‘z Kubogi”ning 2004 yilda tug‘ilgan o‘smirlari o‘rtasidagi musobaqa tugaganidan ko‘p o‘tmay 2006 yilda tug‘ilgan bolalar o‘rtasidagi bahslar boshlanib ketdi. Ayni paytda musobaqaning hal qiluvchi pallasiga etib kelindi. Bu haqda O‘FA rasmiy sayti xabar bermoqda. 

Tecno

15ta jamoa to‘rt guruhga bo‘lingan holda bahslar olib bordi. Bular,

“A” guruhi – “Iftixor” (Oltiariq BO‘FM), “Lokomotiv-Qoratepa” (Qarshi), “Andijon” (Andijon ixtisoslashtirilgan futbol maktabi), “Binokor” (Urganch Ixtisoslashtirilgan bolalar va o‘smirlar sport maktabi).

“V” guruhi – “Xorazm” (Xorazm ixtisoslashtirilgan futbol maktabi), “Chig‘atoy” (Toshkent “Chig‘atoy” akademiyasi), “Chirchiq OZK” (Chirchiq olimpiya zaxiralari kolleji).

“S” guruhi – “Navoiy” (Navoiy ixtisoslashtirilgan futbol maktabi), “Guliston” (Guliston shahar 1-BO‘SM),   “Jizzax” (Jizzax IFM), “Qo‘qon” (Qo‘qon shahar 2-BO‘SM).

“D” guruhi – “Yangier” (Yangier shahar IFM), “Qizilqum” (Navoiy shahar BO‘FM), “Paxtakor” (Termiz shahar IBO‘SM), “Buxoro” (Buxoro shahar IFM).

Guruhlarda birinchi va ikkinchi o‘rinni egallagan jamoalar chorak finalga yo‘llanma olishdi va bu bosqichda quyidagi natijalar qayd etildi:

“Iftixor” – “Xorazm” – 1:1. Pen.bo‘y. 4:3

“Andijon” – “Chig‘atoy” – 3:2

“Navoiy” – “Paxtakor2 – 3:2

“Guliston” – “Yangier” – 2:2. Pen. bo‘y. 3:4

Yarim final

“Iftixor” – “Andijon” – 2:2 Pen.bo‘y. 5:4

“Navoiy” – “Yangier” – 2:3

Bugun, bir necha daqiqalardan keyin musobaqaning hal qiluvchi o‘yinlari o‘tkaziladi. 3-o‘rin uchun“Navoiy” va “Andijon” jamoalari o‘zaro kuch sinashishsa, g‘olib nomini aniqlab beruvchi final o‘yinida “Iftixor” va “Yangier” yosh futbolchilari maydonga tushishadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!