Branislav Ivanovich “Zenit” futbolchisiga aylandi (Foto)
Angliyaning “Chelsi” klubi himoyachisi Branislav Ivanovich faoliyatini Rossiyaning “Zenit” jamoasida davom ettiradigan bo‘ldi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.
Manbaning ma’lum qilishicha, 32 yoshlik futbolchi rossiyaliklar bilan 2,5 yillik shartnoma imzoladi. Agar futbolchi yaxshi o‘yin namoyish etsa tomonlar o‘zaro bitimni uzaytirishlari ham mumkin.

Ma’lumot o‘rnida, Ivanovich “Zenit”ga erkin agent sifatida kelib qo‘shildi. Futbolchi yiliga 3,2 million evro maosh oladi.

Fikrlar