Bu futbolchining kollektsiyasida 600 nafar futbolchining libosi bor(foto)
Ushbu yozda Evropa futbolida olamshumul xodisa ro‘y berdi. Evropaning eng kuchsiz termalaridan biri bo‘lgan Andorra terma jamoasi JCh-2018 saralashida Vengriya termasini mag‘lub etdi va so‘nggi 12 yil ichida ilk bor rasmiy o‘yinlarda g‘alaba qozondi.
Bunda jamoa sardori Ildefons Limaning xizmatlari katta bo‘ldi. 37 yoshli markaziy himoyachi termasi safida 107 ta bahsda maydonga tushgan. Vaholanki, Andorra terma jamoasi o‘z tarixi davomida 142 ta bahs o‘tkazgan xolos.
Bundan tashqari, Lima terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi to‘purar hamdir. U mamlakat bosh jamoasi safida 11 ta to‘p kiritgan. Shulardan 5 tasini penaltidan kiritgan.
Biroq Lima yana bir ko‘rsatkich bilan maqtana oladi. Gap shundaki, uning kollektsiyasida 600 ga yaqin futbolchining liboslari mavjud.

Lima liboslari uchun aloxida xona ajratgan va har bir libos maxsus tarzda qadoqlangan va eng muximi, ularning birortasi xattoki yuvilmagan.

Eng qizig‘u u Italiya va Ispaniyaning ikkinchi divizionida o‘ynagan xolos. Unda qaerdan shuncha libos bo‘lishi mumkin?

Limaning kollektsiyasida 2009 yilda Angliya termasiga qarshi bahsda Jon Terrining libosi ham mavjud. U shundan so‘ng, “Endi faoliyatimni tugatsam ham bo‘ladi”, – deb aytib o‘tgan edi.

Ikki yil oldin esa u “Chelsi” sobiq sardoridan norozi bo‘ldi. Boisi, Terri andorraliklarning qo‘pol o‘yini sabab, termadagi jamoadoshlariga raqiblar bilan libos almashmaslik kerakligini aytib o‘tgan edi.
Bundan tashqari Limada Andorraga 4 ta gol kiritgan Krishtianu Ronalduning ham libosi mavjud.

Lima top-futbolchilarning liboslarini emas, asosan nomi chiqmagan termalarning libosini yig‘ib keladi.
“Hozir menda 500-600 atrofida libos bor. Mening yana bir maqsadim, FIFAga a’zo barcha mamlakatlar termasining libosini yig‘ishni maqsad qilganman. Menda Aruba kabi ekzotik mamlakat termalarining liboslari mavjud” – deb aytib o‘tgan edi Lima.

Qayd etish joiz, 211 mamlakat FIFAga a’zo bo‘lgan va Limada 128 termaning liboslari mavjud.
Futbolchining o‘zi ta’kidlashicha, bu futbokalar – uning faoliyati tarixidir.
Shahzod Xolboev tayyorladi

Fikrlar