Bugun ikki nafar professional bokschimiz Ekaterinburgda ringga chiqadi

  • 22.04.2018 03:05
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Bugun Rossiyaning Ekaterinburg shahrida professional boks bo‘yicha janglar tashkil etiladi. Mazkur boks kechasida jami 10 bellashuv bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Unda ikki nafar hamyurtimiz ringga ko‘tariladi.

55,2 kg vazn tofiasida Sardor Muzaffarov professional ringdagi uchinchi jangini rossiyalik Murad Arslanovga (8-3-0, KO4) qarshi o‘tkazadi. Bungacha bokschimiz bir mag‘lubiyat va bir durang qayd etgan. Jang 6 raund etib belgilangan.

Shuningdek, vakillarimiz ishtirokidagi ikkinchi qarama-qarshilikda Ravshanbek Umurzakov (2-0, KO2) ringga chiqadi. Bu uning professional ringdagi uchinchi to‘qnashuvi bo‘ladi. 61,2 kg vaznda 8 raund qilib belgilangan jangda hamyurtimizga gruziyalik engilmas bokschi Merab Turkadze (5-0, KO2) raqiblik qiladi.

Kecha mazkur janglar oldidan vazn o‘lchash marosimi o‘tkazildi.

Bokschilarimizga omad tilaymiz!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!