
Bundesliga. “Bavariya” tarixda birinchi marta “Xoffenxaym”ga taslim bo‘ldi
Germaniya chempionati 27-turida “Bavariya” futbolchilari safarda “Xoffenxaym” jamoasi mehmoni bo‘ldi.
Uchrashuvning 21-daqiqasida Kramarich tomonidan kiritilgan gol “Xoffenxaym”ga tarixiy g‘alabani keltirdi. Gap shundaki, bundan avval myunxenliklar hech qachon “Xoffenxaym”ga taslim bo‘lmagandi.
Xoffenxaym – Bavariya – 1:0
Gol: Kramarich
Xoffenxaym: Baumann, Xyubner, Tolyan, Zyule, Demirbay (Shvegler 63), Fogt, Rudi (Terratstsino 76), Tsuber, Amiri, Kramarich, Vagner (Salai 63).
Bavariya: Ulrayx, Xummels, Rafinya, Alaba (Bernat 75), Sanchesh (Riberi 72), Vidal, Martines, Alonso, Robben, Koman, Levandovski.
Ogohlantirish: Levandovski 64
Fikrlar