
“Bunyodkor” 3 yilda birinchi marta OChL guruh bosqichida g‘alaba qozondi
Osiyo Chempionlar Ligasi “S” guruhi 5-turidan o‘rin olgan “Bunyodkor” va “Al-Ahli” o‘rtasidagi o‘yin o‘z yakuniga etdi. Mazkur o‘yinda “qaldirg‘ochlar” 2:0 hisobida g‘alaba qozondi, deb yozadi O‘FF matbuot xizmati.
Uchrashuvning 8-daqiqasida Dostonbek Hamdamovning uzatmasidan keyin Akramjon Komilov boshi bilan raqib darvozasiga zarba yo‘lladi va hisobni ochdi. Birinchi bo‘limda boshqa gollar kiritilmadi.
Ikkinchi bo‘limda faollikni yanada oshirgan “qaldirg‘ochlar” 54-daqiqada hisobni oshirishga muvaffaq bo‘lishdi. Bu safar Dostonbek Hamdamovning uzatmasidan so‘ng Eldor Shomurodov gol kiritishga erishdi.
Qayd etish kerakki, "Bunyodkor" 3 yilda birinchi marta OChL guruh bosqichida g‘alaba qozonishga muvaffaq bo‘ldi.
OChL–2017. “S” guruhi, 5-tur
Toshkent, “Bunyodkor” stadioni
24 aprel, dushanba
“Bunyodkor” – “Al-Ahli” 2:0 (1:0, 1:0)
Gollar: Akram Komilov (8), Eldor Shomurodov (54)
Ogohlantirish: Mirjamol Qosimov (62), Dilshodbek Ahmadaliev (68)
“Bunyodkor”: Murodjon Zuhurov, Rustam Ashurmatov, Akrom Komilov, Eldor Shomurodov, Dostonbek Hamdamov, Nurillo To‘xtasinov (Alishev Sanoev, 82), Sardorbek Azimov (Javohir Esonqulov, 86), Dilshodbek Ahmadaliev, Davronbek Umirov, Otabek Shukurov, Hurshid G‘iyosov (Mirjamol Qosimov, 58).
“Al-Ahli”: Yosir al-Musaylim, Salman Muhammad (Al Mogahvi, 62), Taysir al-Jassam, Umar al-Soma, Yannis Fetfattsidis, Muhammad Abdulshafi, Oqil al-Sahobi, Said al-Muvallad, Mutaz Havsavi (Amir Fahad, 83), Abdulfattoh Asiri (Muhannad Radiya, 62), Saad Abdulamir.
Fikrlar