Cergey Lushchan: Bugun o‘yinimizda mazmun bo‘ldi

  • 15 may, 2018, 22:29
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun Pepsi Superliga 12-turida "So‘g‘diyona" o‘z maydonida “Paxtakor” klubini qabul qildi va 0:1 hisobida mag‘lubiyatga uchradi. O‘yindan so‘ng “So‘g‘diyona” bosh murabbiyi Sergey Lushchan ishtirok etdi. Bu haqda Jizzax klubi matbuot xizmati xabar bermoqda.

"Yaxshi o‘yin bo‘ldi. G‘alaba qozonish uchun gol urish kerak.4 ta aniq golli vaziyatni yaratdik. Gol urishimiz kerak edi. Ushanda natija boshqacha bo‘lar edi. Penalti bor yoki yo‘q uni hakamlar brigadasi va nazoratchilar hal qilsin. Yigitlarga e’tirozim yo‘q. Ular bugun maydonda borlarini berishdi. Bugun o‘yinimizda mazmun bo‘ldi. Ishlashda davom etamiz. Ishonamanki, keyingi o‘yinlarda natija qilishga harakat qilamiz", -deydi jamoa bosh murabbiyi

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!