"Chelsi" Alisson uchun kurashda "Liverpul"ni ortda qoldirishi mumkin

  • 18.07.2018 12:35
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Londonning "Chelsi" klubi "Roma" darvozaboni Alisson Beker uchun kurashga qo‘shilishi mumkin. Bu haqda Football Italia nashri xabar tarqatmoqda.

Yuqoridagi manbaaning ma’lum qilishicha “aristokratlar” braziliyalik posbonning transferi borasida rimliklar so‘rayotgan 65 mln evro va unga qo‘shimcha 15 mln evro bonusni to‘lashlari mumkin.

Eslatib o‘tish lozimki, ayni damda 26 yoshli darvozabon uchun “Liverpul” asosiy da’vogar sifatida tilga olinmoqda. Biroq, mersisaydliklar Alisson uchun “60+10” ko‘rinishidagi mablag‘ taklif qilishmoqda.

Shundan hulosa qilish mumkinki, agar “Chelsi” Alisson uchun kurash boshlasa, uni qo‘lga kiritish imkoniyatlari “Liverpul”nikidan ancha yuqori bo‘ladi.

Ma’lumot uchun, bundan avvalroq "Chelsi"ning asosiy darvozaboni Tibo Kurtua "Real"ga o‘tishga juda yaqin turgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Aynan shu sababli ham londonliklar o‘zlari uchun tajribali posbon qidirishni boshlab yuborishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!