"Chelsi" Azarga Gollandiyadan o‘rinbosar topdi

  • 15.02.2019 23:11
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Londonning "Chelsi" klubi "Ayaks" xavbeki Xakim Ziyexga jiddiy qiziqish bildira boshladi.

Calciomercato nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “aristokratlar” 25 yoshli marokashlik futbolchini yozgi transferlar davrida o‘z safiga qo‘shib olishmoqchi. Gap shundaki Ziyex “Chelsi” safida “Real”ga ketishi aytilayotgan Eden Azarning o‘rnini egallaydi.

Ma’lumot uchun, Ziyex “Ayaks” safiga 2016 yil 11 mln evro evaziga “Tvente” klubidan kelib qo‘shilgan edi. U joriy mavsum amsterdamliklar safida 31ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 15ta gol hamda 12ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!