“Chelsi” Azarni “Real” yoki “Barselona”ga qo‘yib yubormoqchi emas

  • 16 iyul, 2018, 10:50
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Londonning “Chelsi” klubi yarim himoyachisi Eden Azar yana “aristokratlar” safida to‘p surishda davom etishi mumkin.

Tecno

The Telegraph nashri tarqatgan xabarga ko‘ra londonliklar 27 yoshli belgiyalik futbolchisini qo‘yib yubormoqchi emas. Buning uchun ular “Real” va “Barselona” kabi jamoalardan bo‘layotgan super takliflarni rad etishmoqchi. “Chelsi” Azarni kamida yana bir mavsum o‘z safida saqlab qolmoqchi.

Buning uchun “aristokratlar” Azarga haftasiga 300 ming funt maosh va’da qilishmoqda. Bu holatda Azar “Chelsi”dagi eng ko‘p maosh oluvchi futbolchiga aylanadi. Ma’lumotlarga ko‘ra bu boradagi muzokaralar yangi haftadan boshlanadi.

Eslatib o‘tamiz, Azar yakuniga etgan JCh-2018da Belgiya terma jamoasi bilan birga bronza medallarini qo‘lga kiritdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!