
"Chelsi" Kot-d’Ivuar terma jamoasi a’zosini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi
"Kristal Pelas" klubi yarim himoyachisi Uilfrid Zaxa “Chelsi”ning qiziqishlar doirasiga kirib qoldi.
Mirror nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “aristokratlar” bosh murabbiyi Antonio Konte Kot-d’Ivuar terma jamoasi a’zosining o‘yinlarini diqqat bilan kuzatib bormoqda va uni o‘z jamoasiga taklif qilishni rejalashtirmoqda.
Eslatibo‘tamiz, bundan avvalroq Rio Ferdinand "Manchester Yunayted"dan Zaxaga imkon berish kerakligini maslaxat bergan edi.
Ma’lumot uchun, Zaxa joriy mavsum APLda jami 12ta uchrashuvda ishtirok etib, o‘z hisobiga 4ta gol hamda 2ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.
Fikrlar