"Chelsi" Koutino uchun 113 mln evro to‘lashga tayyor

  • 20.01.2019 13:28
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 1
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Londonning "Chelsi" klubi "Barselona" yarim himoyachisi Felippe Koutinoni yana APLga qaytarmoqchi.

Sunday Express nashri tarqatgan xabarga qaraganda “aristokratlar” 26 yoshli braziliyalik futbolchi uchun 113 mln evrodan voz kechishga tayyor.

Eslatib o‘tamiz, Koutino “Barselona” safiga bundan roppa-rosa bir yil muqaddam 130 mln evro evaziga “Liverpul”dan kelib qo‘shilgan edi. U joriy mavsum kataloniyaliklar safida jami 17ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 4ta gol yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Ilhomjon Abdurahmanov
20/01/2019 14:12
Коутиньо кетмайди хеч каерга узи кийинчилик бн утган булса