
"Chelsi" "Napoli"ga Mauritsio Sarri uchun David Luisni qo‘shib bermoqchi
"Chelsi" Mauritsio Sarri bilan "2+1" yillik shartnoma borasida kelib olgan. Ammo londonliklar mutaxassis bilan shartnoma imzolay olmayaptilar. Chunki Sarri "Napoli" bilan shartnomani uzaytirish bo‘yicha neapolliklar rahbariyati bilan kelishib qo‘ygan. Bu haqda Gazzetta dello Sport nashri xabar bermoqda.
O‘z navbatida, londonliklar Mauritsio Sarri uchun 8 million evro bermoqchi emaslar. Ammo “ko‘klar” “Napoli”ga Sarri uchun David Luizni qo‘shib berishmoqchi.
Fikrlar