«Chelsi» etakchisi Oskarga nima bo‘lgandi?

Braziliyalik pleymeyker 2017-yilda «Chelsi»dan «Shanxay SIPG»ga o‘tganidan beri qahramonga aylanib ulgurgan. Ammo 27 yoshli futbolchi xalqaro futbol maydonida vaqti vaqti bilan eslab turiladi.

U dunyoni zabt etishi mumkin edi. Unday iqtidorli yarim himoyachilar kamyobligi sabab, Oskar Jahon Chempionati yulduziga aylangandi va ikki marta Premer Ligani yutishda muhim ahamiyat kasb etgandi.

25 yoshli futbolchi o‘z pozitsiyasida barcha narsani erisha oladigandek edi. Shunga qaramay, 2017-yil yanvarida u barchani aqldan ozdirdi. «Chelsi» bilan Evropa futbolini zabt etish o‘rniga Xitoyga ko‘chib o‘tishni ma’qul topdi. «Shanxay SIPG» bilan yiliga 20.8 million funtlik to‘rt yillik shartnomaga imzo chekdi. Bu uni jahonning eng ko‘p maosh oluvchi futbolchisiga aylantirdi.

60 million funtlik o‘sha transferdan mana ikki yil o‘tib Xitoy futbolining Evropaning kuchli chempionatlariga raqobatchi ekanligi haqidagi taxminlar o‘zini oqlamagan bo‘lsada, Oskar Shanxayda katta muvaffaqiyatlarga erishishda davom etmoqda.

Bunda e’tiborga molik jihat, uning har doim g‘olib jamoalarda ekanligi. 2011-yilda «Internasonal» bilan Rekopa Sudamerikanani yutgach, «Chelsi» bilan ikki marta Premer Ligani, Braziliya bilan Konfeleratsiyalar Kubogi va yoshlar o‘rtasida Jahon Chempionatini yutgan Oskar shaxsiy muzeyini yangidan-yangi sovrinlar bilan to‘ldirishda davom etmoqda.

Shanxay jamoasiga ko‘chib o‘tgach ham u an’anasini davom ettirmoqda. Oskar o‘zining debyut mavsumida Super Ligani yutib olgan bo‘lsa, Vitor Pereyra qo‘li ostida o‘tgan mavsumda ham chempionlikni munosib himoya qildi.

Butun mavsum davomida 19 gol hammualliflik qilib vatandoshlari Renato Augusto va Xalkni ortda qoldirib mavsumning eng yaxshi assistentiga aylandi. 27 yoshli futbolchi shuningdek o‘z hisobiga 12 golni ham yozdirib qo‘ydi. Bu degani klubning 77 golining deyarli yarmida u ishtirok etgan bo‘lib chiqmoqda.

Uning hujumdagi sherigi va xitoy futboli afsonasi Vu Lay 29 o‘yinda 27 gol urib «Mavsumning eng yaxshi futbolchisi» sovriniga ega chiqdi. Oskar haligacha Xitoy Superligasining ramziy termasidan o‘rin olishning uddasidan chiqa olmayapti.

Klub unga haftasiga 400 ming funt to‘layotgan bo‘lsada, Oskar buni ortig‘i bilan oqlamoqda. Uning xitoy klubiga o‘tishida pul ahamiyatli bo‘lgan va «ko‘klar» safini tark etishda asosiy motivatsiya bo‘lgan.

«Har bir ishlayotgan futbolchi yoki shaxs oilasiga yordam berish uchun ko‘proq pul topishni istaydi.» – degan edi u 2017-yilda Copa 90 ga bergan intervyusida.

«Men Braziliyaning ijtimoiy og‘ir ahvolda bo‘lgan kambag‘al qismidanman. Bizda hech nima yo‘q. Bu ishimning mevasi va uni ishlab topyapman. Bu erga kelgan bo‘lsam huddi shu tarzda Evropaga qayta olaman».

Uning qarori albatta qimmatga tushdi. Braziliya termasining so‘zsiz asosiy tarkibidan o‘rin olgan yarim himoyachi oxirgi marta pentakampeonlar safida 2015-yilning noyabrida o‘ynagan.

Bosh murabbiy Tite Xitoy klublarida o‘ynaydigan Renato Augusto va Paulinolarni so‘nggi musobaqalarda jalb qilgan bo‘lsada, Koutinoning kuchayishi ortidan Oskarning termaga qaytish yo‘llari yopilib qoldi.

Ayni vaqtda u qaltis dilemma qarshisida qolgan. U yana yuqori saviyadagi futbolini namoyish qila oladi. Ammo «Shanxay» bilan shartnomasi yana ikki yil amal qiladi va fantastik pullarni ishlab topishi mumkin. 27 yoshli futbolchiga esa boshqa tomondan Evropa grandlaridan yog‘li taklif tushmaydi.

Hozirgi kunda u Xitoyga futbolchilar o‘lish uchun kelmasligini isbotlamoqda. U yangi yilda OChLni yutib olishni niyat qilgan.

Paulino misoli ham Uzoq Sharqdan qaytganlar bo‘lganini, Kopa Amerikada ishtirok etishi va «Selesao» safidan joy olish mumkinligini isbotlashi mumkin.

Oskar ham huddi shu ishni qila oladimi?

Yarim himoyachi o‘zi uchun emas, oilasi uchun to‘g‘ri qarorni qabul qilganiga ishonadi. Qo‘shimchasiga, uning Xitoyda davom ettirayotgan muvaffaqiyatlari har qanday jamoani kuchaytirishga etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
darwesh
11/01/2019 22:37
Масалан бразидиялик Халк хитойда уйнаб узига шахсий самолет сотиб олди. Европада эса йилига 6 млн евро олиб тиламчилик килиб юрар эди
&
darwesh
11/01/2019 22:33
Оскарга пул керак булганди. Европада унга роналду месси ва неймарга ухшаб пул туланмасди, шунга у хитойга бориб улардан хам куп пул ишлаяпти