"Chelsi" futbolchisi APLda rekord o‘rnatdi

  • 01.03.2019 09:10
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Londonning "Chelsi" klubi xavbeki Jorjino joriy mavsum eng ko‘p uzatma oshirgan, ammo birorta ham golga assistentlik qilmagan futbolchiga aylandi.

Braziliyalik futbolchi joriy mavsum jami 2332ta uzatmani amalga oshirgan. Lekin, ularning birortasi ham golli uzatma bo‘lmagan.

Bu boradagi APL rekordi shu kungacha Leon Brittonga tegishli edi. Uning 2011/12 yilgi mavsumda amalga oshirgan jami 2230ta uzatmasidan birortasi gol bilan yakunlanmagan.

Ma’lumot uchun, Jorjino “Chelsi” safiga yozda “Napoli”dan ko‘chib o‘tgan edi. U o‘tgan davr mobaynida “aristokratlar” safida jami 37ta rasmiy o‘yinda maydonga tushdi va 1ta gol urishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!