
"Chelsi" rahbariyati portugaliyalik zo‘r futbolchiga "MYu"dan ko‘p pul beradigan bo‘ldi
Evropaning grand klublariga mahoratli futbolchilarni etkazib berayotgan jamoalardan biri "Benfika"ning ham bozori yanada qiziydigan bo‘ldi. Bu jamoaning 23 yoshli himoyachisi Nelson Semeduni olish uchun "Manchester Yunayted" bosh da’vogar bo‘lib turgandi.
Biroq, ishga "Chelsi" murabbiyi Antonio Konte aralashdi va londoliklar futbolchining transferi uchun Joze Mourino jamoasidan ko‘p pul berishni taklif qilmoqda.
"Chelsi"ning yosh futbolchi transferi uchun taklif qilayotgan summasi 40 million evroni tashkil etmoqda. "Benfika" tarbiyalagan futbolchi asosiy tarkib o‘yinlarida 2015 yildan buyon to‘p surmoqda. Nelson Semedu hozirgacha 48 o‘yinda qatnashib, uchta gol urgan.
Fikrlar