
"Chelsi" va Villian o‘zaro kelisha olmayapti
Londonning “Chelsi” klubi rahbariyati jamoa vingeri Villian bilan shartnomani uzaytirish borasida kelisha olmayapti.
Ta’kidlash kerakki, tomonlar o‘rtasidagi kelishuv 2020 yilga qadar imzolangan. Braziliyalik futbolchi esa ushbu kelishuvni yana 3 yilga uzaytirmoqchi. Ammo, “aristokratlar” rahbariyati uning bu yil 31 yoshga to‘lishini hisobga olib unga faqat bir yillik shartnoma taklif qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Villianga bundan avvalroq PSJ va “Barselona” kabi klublardan jiddiy qiziqishlar mavjud ekanligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Fikrlar