
"Chelsi"ni EChLda chempion qilgan murabbiy klub mashg‘ulotiga tashrif buyurdi (FOTO)
Italiyalik mashhur futbolchi va murabbiy Roberto Di Matteo o‘zining sobiq jamoasi hisoblangan "Chelsi" mashg‘ulotlariga tashrif buyurdi.
“Aristokratlar” rasmiy saytining xabar berishicha 48 yoshli mutaxassis jamoaning Kobxemdagi bazasiga borgan va u erda hamyurti Mauritsio Sarri hamda unga assistentlik qilayotgan sobiq jamoadoshi Janfranko Zola bilan suxbatlashgan.
Eslatib o‘tamiz, Di Matteo “Chelsi”ni 2012-2014 yillarda boshqargan va bu vaq orasida UEFA Chempionlar ligasi va Angliya kubogini qo‘lga kiritgan. Ayni damda “Chelsi” safida u bilan birga faoliyat olib borgan futbolchilardan faqatgina David Luis, Garri Keyxil, Sesar Aspilikueta va Eden Azarlar to‘p surishmoqda.
Fikrlar