Chempionlar ligasining joriy haftadagi eng chiroyli goli aniqlandi
Myunxenning "Bavariya" klubi vingeri Aren Robben tomonidan kiritilgan gol UEFA Chempionlar ligasi guruh bosqichi 5-turining eng chiroyli goli deb topildi.
Eslatib o‘tish lozimki, 34 yoshli gollandiyalik futbolchi kecha “Benfika”ga (5:1) qarshi bahsning 13-daqiqasida ikkita raqibini aldab darvozani ishg‘ol ettgan edi.
Ushbu nomga shuningdek Maksvell Korne ("Lion"), Andrey Kramarich ("Xoffenxaym") hamda Dris Mertens ("Napoli") kabi futbolchilar ham da’vogarlik qilishgan edi.

Fikrlar