
Chim ustida xokkey terma jamoamiz Tokio-2020 yo‘llanmasi uchun muhim qadam tashlashdi
Ayni kunlarda Pokistonning Lahor shahrida chim ustida xokkey bo‘yicha «Hockey Series Open» xalkaro turniri bo‘lib o‘tmoqda. Musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi ham ishtirok etmoqda. Bu haqda Millliy Olimpiya qo‘mitasi rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.
Vakillarimiz dastlab Afg‘oniston terma jamoasini 11:0, keyinroq esa Nepalni 6:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratgandilar. Bugun guruhdagi so‘nggi uchrashuvda Qozog‘iston terma jamoasi 6:2 hisobida taslim etildi. Shu tariqa, hamyurtlarimiz guruhda birinchi o‘rinni egallashdi va 2019 yilda Hindistonda o‘tkaziladigan final bahslariga yo‘l olishdi. O‘sha musobaqada terma jamoamiz Tokio Olimpiadasi litsenziyasi uchun kurash olib borish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Fikrlar