"Dala qo‘riqchilari" va boshqalar haqida (o‘yin statistikasi)

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Kecha O‘zbekiston terma jamoasi safarda mag‘lubiyatga uchradi. Ochig‘i siyqasi chiqqan ushbu yangilikni yana e’tiboringizga havola etishdan biz ham biroz uyalib turibmiz. Nailoj, janob Samvel Babayan murabbiyligi ostida harakat qilayotgan o‘zbekistonliklar kutilganidek yurtimizga quruq qo‘l bilan qaytadigan bo‘lishdi.

Himoya maydonimizda «dala qo‘riqchilaridek» harakat qilgan Egor Krimets, Anzur Ismoilov va Akmal Shoraxmedovlarning sharofati bilan eronliklar hisobda oldinga chiqib olishdi. Maydon markazida chiroyli harakat qilgan Sardor Azmun darvoza tomon chamasi 30-35 metr masofani himoyachilarni ta’qibisiz bosib o‘tdi va darvoza tomon ayyorona zarba yo‘lladi.

Ushbu vaziyatda Aleksandr Lobanov o‘zini mohir darvozabon deb o‘yladi chog‘i to‘p bilan jarima maydoniga kirib kelayotgan raqib futbolchisini mensimadi. Biroq u odatdagidek adashdi. Aniqrog‘i sharmanda bo‘ldi. Lobanovning oyoqlari orasidan o‘tib borgan to‘p to‘g‘ri terma jamoamiz darvozasidan o‘rin oldi.

Xayriyat, birinchi bo‘lim biz uchun biroz omadli o‘tdi desak mubolag‘a bo‘lmasa kerak. Sababi o‘z darvozamizdan boshqa to‘p o‘tkazib yubormadik. Bevosita birinchi bo‘lim statistikasiga to‘xtaladigan bo‘lsak, to‘pga egalik qilish borasida forslar yaqqol ustunlik qilishdi, 60%-40%. Dastlabki 45 daqiqalikda Eron terma jamoasi vakillaring 214 ta to‘p uzatmalarining 77 foizi aniq amalga oshirildi. Bu borada hamyurtlarimiz sheriklariga 144 bor to‘p uzatgan bo‘lsa, ularning 73 foizi aniq manziliga etib bordi. Darvoza tomon berilgan zarbalar borasida ham ustunlik Eron tomonida, 5-3. Biroq, aniq zarbalar borasida so‘z yuritmasak ham bo‘laveradi, 1-0.

Birinchi bo‘limning to‘liq statistikasi quyidagicha

Eron

Birinchi bo‘lim statistikasi

O‘zbekiston

60%

To‘pga egalik qilish

40%

50%

Yakkama-yakka kurashlarda ustunlik

50%

5

Zarbalar

3

1

Aniq zarbalar

0

214

To‘p uzatmalari

144

77%

Aniq to‘p uzatmalari (%)

73%

2

Burchak to‘plari

3

7

Qoida buzishlar

11

0

Sariq kartochka

1

0

Qizil kartochka

0


Navbat ikkinchi bo‘limga. Ushbu bo‘lim avvalidayoq darvozamiz tomon 11 metrlik jarima to‘pi belgilandi. Mehdi Taremini o‘ng qo‘li bilan ushlab qolishga uringan Akmal Shoraxmedovning bu qilig‘ini ummonlik hakam Ahmad al-Kaf ko‘rin turgan edi, ammo qaror qabul qilishga shoshilmadi. Biroq tanga topib olgan suvarak multfilmini eslatuvchi yon hakam bayrog‘ini ko‘targancha jarima maydoniga yugurib kira boshladi va noiloj qolgan bosh hakam O‘zbekiston terma jamoasi darvozasi tomon penalti belgilashga majbur bo‘ldi (xarqalay, bizga shunday ko‘rindi). Lekin 11 metrlik nuqtaga yaqinlashgan Mas’ud Shojayi penaltidan gol ura olmadi. Uning zarbasi darvoza to‘sini ustidan o‘tib ketdi.

Penalti ishlashga ishlab, ushbu imkoniyatni jamoadoshiga qo‘sh-qo‘llab topshirib qo‘ygan Mahdi Taremiy yakunda baribir gol urdi. Maydon markazida Odil Ahmdeovdan to‘pni olib qo‘ygan forslar hujumga o‘tishga shoshildi. Sardor Azmun va Mehdi Taremiy «devor» uslubida terma jamoamiz vakillarini osonlik bilan aldab o‘tishdi. Azmun tomonidan ajoyib tarzda uzatilgan to‘pni qabul qilib olgan Taremiy qarshisida Anzur Ismoilov «qo‘riqchidek» paydo bo‘ldi. Taremiy shundoq ham holdan toygan himoyachimizni ustidan kulgisi kelmadi chog‘i, eronlik hujumchi bir harakat bilan Anzurni ortda qoldirdi va ochiq qolgan darvozaga to‘pni yo‘lladi, 2-0. Aslida darvozani Lobanov qo‘riqlayotgandi, biroq buni ahamiyati bormidi?

O‘yin statistikasi haqida ikki og‘iz. Ikki to‘p farqi bilan imkoniyatni boy bergan vakillarimiz o‘yin davomida uch bora raqib darvozasi tomon zarba berishdi (10-3). Biroq bu zarbalarning birontasi aniq chiqmadi (2-0). Ikkinchi bo‘limda raqibga qaraganda ko‘proq to‘p uzatmalarini oshirgan terma jamoamiz a’zolari to‘pga egalik qilish borasida ustunlikni qo‘lga ola bilishmadi, 56%-44%. Lekin qoida buzish bo‘yicha biznikilar yaqqol ustunlik qilishdi (12-20) va ikki bor sariq kartochkani o‘zlashtirib olishdi.

O‘yinning to‘liq statistikasi quyidagicha

Eron

O‘yin statistikasi

O‘zbekiston

2

Gollar

0

55.9%

To‘pga egalik qilish

44.1%

50.9%

Yakkama-yakka kurashlarda ustunlik

49.1%

10

Zarbalar

3

2

Aniq zarbalar

0

394

To‘p uzatmalari

316

74%

Aniq to‘p uzatmalari (%)

71%

3

Burchak to‘plari

4

12

Qoida buzishlar

20

3

O‘yindan tashqari holat

1

1

Sariq kartochka

2

0

Qizil kartochka

0

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!