Dana Uayt: Makgregor — Meyvezer jangi dunyoni aqldan ozdirmoqda

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

UFC kompaniyasi rahbari Dana Uayt amerikalik bokschi Floyd Meyvezer va irlandiyalik jangchi Konor Makgregor jangi oldidan o‘tkazilgan matbuot anjumanlari haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

– Men anchadan beri janglar biznesida faoliyat yuritib kelaman, ammo Meyvezer — Makgregor jangi atrofida bo‘layotgan voqealarni birinchi marta ko‘rmoqdaman. Jang oldidan bunday yirik  tashkilotchiliklar hech qachon bo‘lmagan. Dunyo bu jangdan shunchaki aqldan ozdi. Agar arenalarga muxlislar kiridigan bo‘lsa, joy etmay qolishi aniq edi. Bu jang kechasi haqida yana nima deyish mumkin?! Ko‘rinib turibdiki, Makgregor — Meyvezer jangi yakkakurashlar tarixidagi eng yirik marosimdir, — deydi Uayt Megan Oliviga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, Makgregor — Meyvezer to‘qnashuvi 26 avgust kuni Las-Vegasda bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!