Dembelening "Seltik"dan ketishi mumkinligi tasdiqlandi
Shotlandiyaning "Seltik" klubi bosh murabbiyi Brendan Rojers hujumchi Mussa Dembelening transferi bo‘yicha bir qator Evropa grandlaridan takliflar bo‘lgani, ammo rahbariyat ushbu takliflarni rad etganini aytdi.
“Seltik” joriy yoz Dembelening transferi bo‘yicha bir nechta yaxshi takliflarni rad etdi. Lekin qachondir baribir u jamoadan ketadi”, - deydi Rojers.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Dembelega Frantsiya va Germaniya jamoalaridan qiziqishlar bo‘layotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Fikrlar