
Denis Istomin eng keskin bahsda zafar quchdi
Qozog‘istonda tennis bo‘yicha Professional tennis uyushmasi - ATR musobaqalari taqvimidan joy olgan "Chellenjer" turkumidagi "Capital Cup -2016" xalqaro turnirida ikkinchi raqamda saralangan o‘zbekistonlik Denis Istomin musobaqani g‘alaba bilan boshladi.
Mohir tennischimiz dastlabki uchrashuvini Chexiyadan kelgan Robert Shtanekka qarshi o‘tkazdi. Garchi birinchi setda Denis raqibini osonlik bilan 6:0 hisobida enggan bo‘lsa-da, ikkinchisida kuchli qarshilikka duch keldi va 6:7 hisobida yutqazdi.
Hal qiluvchi uchinchi set ham qizg‘in kurashlar ostida o‘tdi va unda 6:4 hisobida ustunlik qilgan Denis Istomin keyingi davrada o‘tdi.
Endi o‘zbekistonlik raketka ustasi chorak finalga chiqish uchun turkiyalik Jem Ilkel bilan raqobatlashadi.
Fikrlar