Abbosbek Fayzullaev bo‘yicha yaxshi yangilik ma’lum qilindi!
O‘zbekiston milliy terma jamoamiz futbolchisi va "Istanbul Bashakshehir" o‘yinchisi Abbosbek Fayzullaev mashg‘ulotlarga qaytdi. Bu haqda klubning X tarmog‘ida ma’lum qilindi.
Ma’lumot o‘rnida, hamyurtimiz so‘nggi FIFA kunlarida terma jamoamiz safida jarohat olib, safdan chiqqan edi. Vakilimiz shu bois, "Istanbul Bashakshehir"ning "Galatasaray", "Rizespor", "Antalyaspor" hamda "Kojaelispor"ga qarshi to‘qnashuvlarini o‘tkazib yuborishga majbur bo‘ldi.
Klubning X (tvitter) tarmog‘i orqali ma’lum qilishicha, Abbosbek mashg‘ulotlarga qaytgan va navbatdagi uchrashuvlar uchun tayyorgarlikni boshlagan.

Fikrlar