Denisovning yangi ustozi Premer-ligada rekord o‘rnatdi
Hamyurtimiz Vitaliy Denisov faoliyat olib boradigan "Krilya Sovetov" klubi bosh murabbiyi Miodrag Bojovich bo‘lganligi haqida xabar bergan edik.
Bu chernogoriyalik mutaxassisning Rossiya Premer-ligasida boshqargan ettinchi jamoasi bo‘ldi. Bunga qadar 50 yoshli mutaxassis «Amkar», FK «Moskva», «Dinamo», «Amkar», «Rostov», «Lokomotiv» va «Arsenal» Tula jamoalarini boshqargan edi.
Shu tariqa Bojovich murabbiy sifatida klub almashtirish borasida liga rekordchisiga aylandi.
Fikrlar