Desham: Koselnining so‘zlaridan lol qoldim

CHERY AUTO

Dide Desham terma jamoadagi faoliyatini yakunlaganini e’lon qilgan Loran Koselni tomonidan o‘ziga aytilgan gaplardan lol qolganini ma’lum qildi.

Tecno

Koselni jarohat olgach, murabbiy uni unutib yuborgani borasida aytib o‘tgan edi.

"Men va barcha murabbiylar shtabi uning gaplaridan hayron qoldik. Rossiya mundiali Koselnining termadagi faoliyatining eng yorqin so‘nggi nuqtasi bo‘lar edi. Ammo u jarohat oldi va JChda ishtirok eta olmadi.

Men Koselni jarohat olganida unga qo‘ng‘iroq qildim. Hatto jarroh bilan ham bu borada gaplashdim. Loranni mundialdan oldin terma jamoa qarorgohiga ham taklif etdim. Sentyabrda esa men uni tug‘ilgan kuni bilan tabriklab qo‘ng‘iroq ham qildim. To‘g‘ri, so‘nggi vaqtlarda men u haqda ko‘p gapirmagandirman, ammo mening Koselni haqidagi  fikrlarim o‘zgarmaydi. Futbolchi sifatida ham, inson sifatida ham", - dedi Desham.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!