Dide Desham futbol tarixiga kirdi

  • 15 iyul, 2018, 23:43
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 1
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Xabaringiz bor bundan biroz avval Moskvadagi “Lujniki” stadionida futbol bo‘yicha XXI jahon chempionati o‘z yakuniga etdi. Unda Frantsiya Xorvatiyani 4:2 hisobida taslim etib o‘z tarixidagi ikkinchi chemponlikni qo‘lga kiritdi.

E’tiborli jihati frantsiyaliklar ustozi Dide Desham jahon chempionatlari tarixida ham futbolchi sifatida, ham murabbiy sifatida g‘olib bo‘lgan 3-shaxs bo‘ldi. Eslatib o‘tish lozimki, 49 yoshli mutaxassis bundan roppa-rosa 20 yil muqaddam o‘tkazilgan mundialda futbolchi sifatida g‘olib chiqqan edi.

Ma’lumot uchun, bundan avval ushbu natijaga faqatgina Mario Zagalo (Braziliya) va Frants Bekkenbauerlar (Germaniya) sazovor bo‘lishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!