Dide Drogba “Oltin to‘p”ga munosib futbolchini aytdi

“Chelsi” va “Marsel” klublari sobiq hujumchisi Dide Drogba fikriga ko‘ra, “Oltin to‘p”ga asosiy da’vogar futbolchi Frantsiya terma jamoasi va PSJ klubi hujumchisi Kilyan Mbappe ekan.

Kilyan Mbappe “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritsa, ajoyib bo‘lardi, – deya Drogbaning so‘zlarini keltiradi Goal nashri. – U mening favoritim. Biroq Ronaldu hamon da’vogarlar orasida borligini unutmaslik zarur. U hamon “mashina”. Krishtianu EChLda g‘olib chiqdi, chempionatni almashtirib, “Yuventus”ga o‘tdi va gollar urmoqda. Bu shunchaki o‘zgacha odam.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!