Diego Kosta: "Real"ni mag‘lub etganimiz bizni ruhlantirdi
Madridning "Atletiko" klubi xujumchisi Diego Kosta UEFA Superkubogi doirasida "Real Madrid" ustidan qozonilgan g‘alaba haqida o‘z fikrini bildirdi.
- Biz finalda g‘alaba qozondik va biz bundan baxtiyormiz. Bilasizmi, "Real"ni Evroturnirlar doirasida mag‘lub etishni orzu qilardik. Bu g‘alaba jamoaning o‘ziga bo‘lgan ishonchini kuchaytirdi.
"Real" kabi jamoaga qarshi to‘p tepganda uchrashuv davomida hamma narsa bo‘lishi mumkin. Biz ajoyib tarzda harakat qildik va ko‘zlangan maqsadga erishdik, - deya Kostaning so‘zlaridan iqtibos keltiradi UEFA rasmiy veb-sayti.



Fikrlar