Doroteya Virer birinchi bosqich g‘olibi

CHERY AUTO

Sloveniyaning Poklyuka shahrida biatlon bo‘yicha jahon kubogi birinchi bosqichining so‘nggi kunida ayollar o‘rtasida 10 km masoqaga ta’qib poygalari o‘tkazildi.

Tecno

Unda finlyandiyalik Kaysa Myakyaryaynen musobaqa g‘olibiga aylandi. Italiyalik Doroteya Virer va slovakiya Paulina Fialkova esa shohsupaning ikkinchi hamda uchinchi pog‘onasidan joy oldi.

Jahon kubogining birinchi bosqichidagi ushbu poygada marraga ikkinchi bo‘lib etib kelgan bo‘lsa-da, D.Virer shahsiy hisobda 144 ochko bilan birinchi o‘rinni tark etmadi va sariq libos o‘zida qoldi.

Endi musobaqaning ikkinchi bosqichi 13-16 dekabr kunlari Avstriyaning Xoxfiltsen shahrida bo‘lib o‘tadi. Unda poygachilar sprint, ta’qib va estafeta yo‘nalishlarida o‘zaro raqobatlashadilar.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!