
Draksler La Liga grandi safiga o‘tishga yaqin turibdi
PSJ yarim himoyachisi Yulian Draksler yangi mavsumni Ispaniya La Ligasida boshlashi mumkin.
Diario de Sevilla nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 24 yoshli germaniyalik futbolchini “Sevilya” klubi o‘z safiga chorlamoqda.
Aytish lozimki, Drakslerning parijliklar bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilga qadar imzolangan. Lekin, u PSJda etarli o‘yin amaliyotiga ega bo‘la olmayotgani sabab jamoasini o‘zgartirishga tayyor.
Ma’lumot uchun, Draksler o‘tgan mavsum Frantsiya chempionatida PSJ safida jami 30ta o‘yinda ishtirok etgan va o‘z hisobiga 4ta gol hamda 5ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.
Fikrlar