Dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston chempionatining birinchi kuni yakunlandi

  • 21 aprel, 2018, 22:25
  • 0
  • Dzyudo
BEPUL PROPAN

Xabar berganimizdek, bugun poytaxtimizda dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston chempionati start oldi. Reglamentga ko‘ra, bugungi bellashuvlar 7 vazn toifasida o‘tkazildi. 

Keskin va murosasiz kechgan bahslarda erkaklar o‘rtasida Rahmon Ro‘ziev (-60), Sardor Nurullaev (-66), Hikmatullo To‘raev (-73), ayollar toifasida Kumush Kuryazova (-48), Diyora Keldiyorova (-52), Amangul Allanazarova (-57)  hamda Gulnoza Ziyaeva (-63) o‘z vazn toifalarida g‘oliblikni qo‘lga kiritishdi. 

Ertaga erkaklar o‘rtasida 81, -90, -100 va +100, ayollar toifasida -70, -78 va +78 kg. vaznlarda bahslar bo‘lib o‘tadi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!