Dzyudochilarimiz 2017 yilni reytingda ko‘tarilish bilan boshladi
Xalqaro dzyudo federatsiyasi yanvar oyi uchun sportchilarning reyting yangi reyting jadvalini e’lon qildi. 2017 yilning ilk oyida hamyurtlarimizning o‘z egallab turgan o‘rinlarida bir qator o‘zgarishlar yuzaga kelgan.

Xususan, -60 kilogramm vazn toifasida Rio Olimpiadasi bronza medali sohibi Diyorbek O‘rozboev o‘tgan yilgiga nisbatan 3 pog‘ona yuqorilab, reyting jadvalida 2-o‘rinni band etib turibdi.
-60 kg
1. Eldos Smetov (Qozog‘iston) - 1852 ochko
2. Diyorbek O‘rozboev (O‘zbekiston) - 1722 ochko
3. Orxan Safarov (Ozarboyjon)
Shuningdek, ushbu reytingning -66 kilogramm vazn toifasida o‘tgan yili faoliyatini yakunlagan Rishod Sobirov 8-o‘rinni band etib turibdi va u ham o‘tgan yilning dekabr oyiga nisbatan 1 pog‘onaga yuqorilagan. Ammo, boshqa tomondan ushbu vaznda 3 karra Olimpiya o‘yinlari bronza medali sovrindoridan tashqari birorta sportchimiz kuchli 100 talikka kirolmagan.
-66 kg
1. An Baul (Janubiy Koreya) - 2840 ochko
2. Tumurxuleg Daavadorj (Mo‘g‘uliston) - 1920 ochko
3. Fabio Bazile (Italiya) - 1702 ochko
8. Rishod Sobirov - 1092 ochko
Reytingning -73 kilogrammgacha bo‘lgan sportchilar o‘rtasidagi ko‘rsatkichlarida esa u qadar katta o‘zgarishlar ko‘zga tashlanmadi. Ya’ni Mirali Sharipov (1060 ochko) o‘tgan oydagi 14-o‘inlan 8-o‘ringa, G‘iyosjon Boboev (914 ochko) 17-o‘rindan 13-o‘ringa yuqorilagan bo‘lsa, Sharofiddin Boltaboev (246 ochko) 63-o‘rindan, 66-o‘ringa pastlagan.
Faqatgina o‘tgan oyda 55-o‘rinda qayd etilgan Mirzohid Farmonov (301 ochko) o‘z o‘rnini o‘zgartirmagan.
Aytgancha, ushbu vazn toifasida kuchli uchlikda ham o‘zgarish yuzaga kelgan. Ya’ni Janubiy Koreya vakili An Changrim (1870 ochko) to‘rtinchi o‘rindan joy olib, o‘tgan oyda egallab turgan ikkinchi o‘rnini yaponiyalik Xashimoto Soichiga bo‘shatib bergan.
-73 kg
1. Ruslan Oruxov (Ozarboyjon) - 2950 ochko
2. Xashimoto Soichi (Yaponiya) - 1931 ochko
3. Ono Shoxei (Yaponiya) - 2050 ochko
14. Mirali Sharipov (O‘zbekiston) - 1060 ochko
17. G‘iyosjon Boboev (O‘zbekiston) - 914 ochko
55. Mirzohid Farmonov - 301 ochko
63. Sharofiddin Boltaboev - 246 ochko
-81 kilogramm vazn toifasida ham reytingda o‘zgarishlar yuzaga kelgan. Aniqrog‘i, o‘tgan oyda 28-o‘rinda qayd etilgan Shahzodbek Sobirov (626 ochko bir pog‘ona yuqorilagan bo‘lsa, dekabr oyida 55-o‘rinni band etgan Davlat Bobonov (302 ochko) o‘z o‘rnini o‘zgartirmagan.
Shuningdek, boshqa vaznlardagi kabi ushbu og‘irlikda ham kuchli uchlikda o‘zgarishlar yuzaga kelgan. Dekabr oyida kuchli uchlikni yakunlab bergan gruziyalik Avtandili Tchrikishvili (1710 ochko) o‘z o‘rnini AQSh vakili Travis Stivensga boy berib, reyting jadvalining 4-pog‘onasidan joy olgan.
-81 kg
1. Takanori Nagase (Yaponiya) - 2301 ochko
2. Hasan Xolmirzaev (Rossiya) - 2000 ochko
3. Travis Stivens (AQSh) – 1859 ochko
28. Shahzodbek Sobirov (O‘zbekiston) - 626 ochko
-90 kilogramm vaz toifasida ham boshqalardagi kabi hamyurtlarimizning reytingida o‘zgarishlar yuzaga kelgan. Aniqroq aytadigan bo‘lsak, o‘tgan oyda 29-o‘rinni band etgan Sherali Jo‘raev bu yilni 2-pog‘ona yuqorilab, 27 o‘rin bilan boshlagan bo‘lsa, Dilshod Choriev 71-o‘rindan 68-o‘ringa ko‘tarildi. Shuningdek, 49-o‘rindagi Yahyo Imomov va 60-o‘rindagi Davronbek Sattorovlarning reyting jadvalidagi o‘rinlarida o‘zgarishlar ko‘zga tashlanmadi.
-90 kg
1. Mashu Baker (Yaponiya) - 2680 ochko
2. Markus Neyman (Shvetsiya) - 2181 ochko
3. Varlam Liparteliani (Gruziya) – 1991 ochko
27. Sherali Jo‘raev (O‘zbekiston) - 596 ochko
49. Yahyo Imomov (O‘zbekiston) -336 ochko
60. Davronbek Sattorov (O‘zbekiston) – 254 ochko
68. Dilshod Choriev (O‘zbekiston) – 230 ochko
100 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasida hamyurtlarimizdan Soyib Qurbonov 16-o‘rindan 15-o‘ringa ko‘ratilgan. Shuningdek ushbu reytingda Ramziddin Saidov 37-o‘rin va Erkin Doniyorov 78-o‘rinni band etishgan.
-100 kg
1. Elmar Gasimov (Ozarboyjon) - 2490 ochko
2. Mare Kiril (Frantsiya) - 2203 ochko
3. Lukas Krpalek (Chexiya) - 2172 ochko
15. Soyib Qurbonov (O‘zbekiston) - 1040 ochko
37. Ramziddin Saidov (O‘zbekiston) – 460 ochko
78. Erkin Doniyorov (O‘Zbekiston) – 120
Erkaklar o‘rtasidagi eng yuqori 100 kilogrammdan ortiq vazn toifasida ham kichik o‘zgarishlar yuzaga kelgan. O‘tgan oyda 15-o‘rinni band etgan Abdullo Tangriev bu safar 1 pog‘ona ko‘tarilishga erishgan bo‘lsa, Boltaboy Boltaboev 63-o‘rindan 64-o‘ringa pastlagan. Shuningdek avvalgi oyda 59 o‘rinni egallagan Elyor Masharipov o‘z o‘rnini o‘zgartirmagan.
+100 kg
1. Teddi Riner (Frantsiya) - 2800 ochko
2. Xisayoshi Xarasava (Yaponiya) - 2180 ochko
3. Daniel Natea (Ruminiya) - 2140 ochko
15. Abdullo Tangriev (O‘zbekiston) - 942 ochko
59. Elyor Masharipov (O‘zbekiston) – 202 ochko
64. Boltaboy Boltaboev (O‘zbekiston) – 156 ochko.
Xulosa o‘rnida shuni aytishimiz mumkinki, 2017 yil dzyudochilarimiz uchun reyting jadvalida asosan ko‘tarilishlar bilan boshlandi. Umid qilamizki, ushbu o‘sish yil davomida muntazam ravishda davom etadi.

Fikrlar