
Dzyudochilarimiz Xitoydagi nufuzli musobaqada ishtirok etishmoqda
Bugun Xitoyning Guanchjou shahrida dzyudo bo‘yicha nufuzli «Masters» turniri boshlandi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi rasmiy sayti xabar bermoqda.
Ushbu musobaqada o‘zbekistonlik sportchilar ham qatnashishmoqda. Jumladan, -60 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Sharofiddin Lutfillaev ilk jangida mo‘g‘ulistonlik Boldbaatar Ganbatni mag‘lubiyatga uchratdi. Endi u qozog‘istonlik Eldosh Smetovga qarshi tatamiga chiqadi. Ushbu vazn toifasida ishtirok etishi lozim bo‘lgan boshqa bir sportchimiz Diyorbek O‘rozboev kecha mashg‘ulotlar chog‘ida jarohat oldi va bahslarda qatnasha olmaydigan bo‘ldi.
-66 kg vazn toifasida musobaqada ishtirok etayotgan Shahram Ahadov esa afsuski rossiyalik Yakub Shamilovga imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
Ertaga +100 kg vazn toifasida Bekmurod Oltiboev bahslarga kirishadi.
Fikrlar