
Dzyudochilarimiz Yaponiyaga jo‘nab ketdi
Dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi “Katta dubulg‘a – 2017” musobaqasida ishtirok etish uchun Yaponiyaning Tokio shahriga jo‘nab ketdi.
2-3 dekabr kunlari o‘tadigan bahslarda 60 kgda Sharofuddin Lutfullaev, 66 kgda Sardor Nurillaev, Artem Shturbabin, 73 kgda Xikmatulloh To‘raev, 90 kgda Yahyo Imomov, Shermuhammad Jandriev, 100 kgda Sherali Jo‘raev, +100 kgda Bekmurod Oltiboev, Alisher Yusupov mamlakatimiz sharafini himoya qiladi.
Fikrlar