EChL. "Barselona" bilan durang o‘ynagan "Tottenxem" pley-offga chiqdi
"Barselona" o‘z maydonida "Tottenxem"ni qabul qildi va 1:1 hisobida durang o‘ynadi. 7-daqiqada Dembele hisobni ochgan bo‘lsa, 85-daqiqada Lukas Moura muvozanatni tikladi.
Paralel ravishda kechgan "Inter" - PSV uchrashuvida ham 1:1 natijasi qayd etildi. Losano tomonidan kiritilgan golga Ikardi javob qaytardi.
Shu tariqa "Barselona" 14 ochko bilan guruhda 1-o‘rinni qo‘lga kiritib, 1/8 finalga yo‘l oldi. Kataloniyadagi durang evaziga "Tottenxem" hisobidagi ochkolar soni 8 taga etdi va qo‘shimcha ko‘rsatkichlar bilan 2-o‘rinni egalladi. "Inter" esa evrokuboklardagi yurishini Evropa ligasida davom ettiradi. PSV esa 2 ochko bilan guruhi so‘nggisi bo‘ldi.

Fikrlar