
EChL. "Inter"dan kambek, "Barselona"da esa yirik g‘alaba
Xabaringiz bor, joriy yildan o‘yinlar ikki xil vaqtda boshlanmoqda. Dastlabki o‘yinlar Toshkent vaqti bilan soat 22:00 da boshlanayotgan bo‘lsa, qolgan uchrashuvlar 00:00 da start olmoqda.
Hozirgina esa 22:00 da boshlangan ikki bellashuv o‘z nihoyasiga etdi. Musoboqaning "B" guruhida kurash olib borayotgan "Barselona" Gollandiyaning PSV jamoasini 4:0 hisobida mag‘lub etdi.
Guruhdagi ikkinchi o‘yin esa Milanda kechdi. Unda mahalliy "Inter" klubi "Tottenxem" bilan qiyin o‘tgan bellashuvda iroda namoyish etib, 2:1 hisobidagi g‘alabaga erishdi.
Fikrlar