EChL finali mezbonlarsiz o‘tadimi yoki Ronaldusiz?

  • 18 dekabr, 2018, 14:17
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

EChL nimchorak finaliga qur’a tashlash marosimi o‘tkazildi. Qur’a natijalari bizga bir-biridan qiziqarli qarama-qarshiliklarni taqdim etdi. Aynan qaysi to‘qnashuvlar ekanligi borasida to‘xtalib o‘tirmay bir boshidan boshlaymiz.

Tecno

Dur2wnUXQAAtsgE

“Shalke” – “Manchester Siti”

Manchesterliklar bir qarashda oddiy raqibga duch kelgandek. Lekin germaniyaliklar oson jamoa emas. Ular bu bosqichga tasodifan chiqadiganlar sirasiga kirishmaydi. Chorak final “Shalke” uchun oxirgi yo‘l bo‘lishi mumkin. Ammo nimchorak emas. Shu bois Xosep Gvardiola shogirdlari ehtiyotkorlikni unitmagan holda harakat qilishlari talab etiladi.

DunUkJaWoAA4ZZ_

“Atletiko” – “Yuventus”

Bu uchrashuv final oldi finalga baholanmoqda. “Real” bilan klublar o‘rtasidagi barcha sovrinlarga ega chiqqan Ronaldu “Yuve”ning imkoniyatlarini yanada oshirib yuborgani bor gap. Chunki bu musobaqani ayrimlar Krishtianu Ronaldu Ligasi deya nomlab bo‘lishgan. EChL aynan portugaliyalik yulduz uchundek go‘yo. Uning gollari, rekordlari fikrimiz isbotidir.

DunU0qbWoAIoG9e

Taqdir uni Turinga yo‘naltirdi. Ammo “Yuventus” oddiylar ichidagi kuchli jamoa emas, balki etakchilarga raqobat tug‘diradigan raqibdir. Ronaldusi bor “Yuve” turnir favoritiga aylangan.

DuoNt1PXQAAaDso

Qur’aning ko‘zi ko‘r deb bekorga aytishmagan. “Yuventus” EChL finalining bu mavsumdagi mezboni “Atletiko”ga qarshi bahs olib borishiga to‘g‘ri keladi. Nimchorak final ko‘rib turganingizdek daxshatli jangni taqdim etdi. Chunki kim keyingi bosqichga yo‘l oladi degan savolga aniq javob beradigan odam topilmasa kerak. Hullas final mezbonlarsiz o‘tadimi yoki Ronaldusiz degan savolga fevralda javob olamiz. Ungacha esa jamoalar qay holatda etib borishlari ham juda muhimdir.

Eslatib o‘tamiz, EChL final bahsi Madridning "Atletiko" stadionida bo‘lib o‘tadi.  

“Manchester Yunayted” – PSJ

“Qizil iblislar” ayni paytda muammolar girdobida. Boz ustiga APLning oxirgi turida o‘zlarining azaliy raqibi “Liverpul”ga imkoniyatni boy berishdi. Bu orqali Joze Mourinoning egallab turgan o‘rni yanada havf ostida qoldi.

DunVBYOWwAEYLSO

EChL qur’asi mankunianliklarga yana bir jiddiy sinovni taqdim etdi. To‘g‘ri, parijliklar ham tarkibga yarasha grandlarga qarshilik ko‘rsata olishmasliklarini bir necha yildan berib ko‘rib turipmiz. Ammo MYuda hozir vaziyat umuman boshqacha. Balki portugaliyalik mutaxassis PSJga qarshi uchrashuvga qadar jamoada qolmas. Ammo bu jamoalar to‘qnashuvida favorit – PSJ.

“Tottenxem” – “Borussiya D”

Ushbu qarama-qarshilikda teng kuchli jamoalar duch kelishdi. Bir-biriga munosib klublar. Hujumkorlikni hush ko‘radigan jamoalar.

DunVROpW4AIaRi-

“Tottenxem” bir necha yildan beri bir xil tarkibda o‘yin namoyish etmoqda. Germaniyaliklar esa bu mavsum o‘z o‘yinlarini topib olishdi. “Borussiya D” EChLda eng kam gol o‘tkazib yuborgan jamoa. Shunday ekan teng kuchlilar bahsida g‘olib oxirgi soniyalarda aniqlansa ajab emas.

“Lion” – “Barselona”

Bu o‘yinga ortiqcha to‘xtalib o‘tishning hojati bo‘lmasa kerak. Kataloniyaliklar qiyinchiliksiz Frantsiya klubini mag‘lub etishi kutilmoqda. Har holda Lionel Messi yaxshi sport formasiga kirib bormoqda.

DunVaqhWoAASmXP

“Roma” – “Portu”

Ushbu jamoalar ham bir-biriga mos. “Roma” o‘tgan yilgi “Roma” emas. “Portu” ham shunday. Juftlik g‘olibini oldindan aytish mushkul.

DunVlcYWsAAUl-k

“Ayaks” – “Real”

“Barselona” kabi “Real”ga ham qur’a oson raqibni taqdim etdi. Odatda pley-offlarga qur’adan so‘ng “qirollik klubi”ga shunday raqiblar to‘qnash keladi va ko‘pchilik bunda Florentino Peresning qo‘li borligini aytadi. Ammo o‘tgan yili madridliklar PSJ to‘sig‘idan o‘tib, qiyin raqiblarni ham pley-offlarda taslim eta olishlarini ko‘rsatishdi. Shu bois ham bu galgi qur’a natijasi ortiqcha muhokamalarga sabab bo‘lmayapti.

DunVvjWXQAAqXGI

“Liverpul” – “Bavariya”

Turnir vaforitlaridan ikkita bu bosqichda to‘qnash keldi va bittasi chetga chiqishiga to‘g‘ri keladi. “Bavariya” muammolar ko‘chasiga kirib qolgan. Bundesligada ham ishlari yurishmayapti. “Liverpul” esa borgan sari ishtahasi ochilib, APLda Xosep Gvardiolaga tinchlik bermayapti. Yurgen Klopp shogirdlari hozircha yaxshi holatda.

DunV2wMW0AACMSW

Ammo shuni unimaslik kerakki, “Bavariya” kabi grandlar fevral oylaridan optimal formaga kirib boradi. To‘g‘ri, jamoa oldingi kabi tajovuskor o‘ynamayapti. Barcha musobaqalarda asosiy kurash endi boshlanishini inobatga olsak, bu to‘qnashuv yaqin yillar ichidagi ajoyib duelga aylanishi mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!