
EChLda 11 soniyada kiritilgan golga 10 yil to‘ldi
Bundan rosa 10 yil muqaddam EChL 1/8 final javob uchrashuvi doirasida “Bavariya” va “Real” klublari o‘rtasidagi o‘yinda EChL tarixidagi eng tezkor gol kiritilgan edi. O‘shanda o‘yinning 10,12-soniyasidayoq mezbonlar futbolchisi Roy Makay uchrashuvda hisobni ochishga muvaffaq bo‘lgan edi. Shu munosabati bilan esa bugun biz o‘sha bahsda maydonga tushgan “Bavariya” futbolchilari bilan sizlarni tanishtiramiz.
- “Napoli” – “Real” uchrashuviga oid 11 ta fakt
- “Real” nima sababdan Neapoldagi javob bahsida ehtiyot bo‘lishi kerak
- A Seriyada eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan 5 futbolchi
Roy Makay
Bugungi kunda “Feyenord” klubida murabbiy sifatida faoliyat yuritayotgan Makay “Bavariya” safida 2003-2007 yillarda to‘p surgan bo‘lib, bu vaqt oralig‘ida gollandiyalik sobiq hujumchi raqiblar darvozasini 103 bor ishg‘ol etishga muvaffaq bo‘lgan. Makay 2007 yilning 7 mart oqshomida Xasan Salixamidjichdan to‘pni qabul qilib oladi va…
Mark van Bommel
Makayning hamyurti van Bommelni ham “Bavariya” muxlislari qadrlashadi. Myunxenda 4,5 yil to‘p surgan Mark jamoaga Lui van Gal kelgach, klubdan ketishga qaror qiladi va “Milan”ga o‘tib, A Seriyada g‘olib chiqadi. Faoliyatitini esa “PSV”da yakunlaydi
Ouen Xargrivz
“Bavariya” akademiyasi tarbiyalanuvchisi bo‘lgan Xargrivz 2001 yil “Real”ga qarshi kechgan javob o‘yinida nimalar qilmagan deysiz? Ammo Xargrivzni muntazam ravishda jarohatlar ta’qib qilib kelgan va ayni shu sabab 31 yoshida butsalarini “mixga ilish”ga majbur bo‘ladi.
Villi Sanol
“Bavariya” muxlislari “Villiiiiiiiiii” deb qichqirishdimi? Demak, to‘p bilan kim muomala qilayotganini bilish qiyin emas edi. Myunxen superklubida 8 yil to‘p surgan Sanol ham jarohatlari sabab futboldan barvaqt ketishga majbur bo‘ladi.
Daniel van Buyten
Van Buyten ham “Bavariya” safida 8 yil to‘p surgan va jamoa bilan 4 marta “Oltin dubl”ni qo‘lga kiritgan. Bundan tashqari belgiyalik sobiq futbolchi EChLda ham zafar quchgan. Bugungi kunda esa Daniel moda olamida faoliyat yuritish bilan birga, Lejning “Standart” klubida vitse-prezident sifatida ham ishlamoqda.
Lusio
Lusio – van Buytenning markaziy himoyadagi sherigi edi. Eng qizig‘i esa u ham van Gal kelgani xamonoq, klubni tark etadi va “Inter” safiga borib qo‘shiladi. 2010 yilgi EChL finalida esa braziliyalik himoyachi “Inter” safida sobiq jamoasiga qarshi maydonga tushadi va “neradzurrilar”ning g‘alabasiga o‘zining munosib xissasini qo‘shadi.
Filipp Lam
Lam 2014 yilda xalqaro faoliyatini yakunlaganini e’lon qilgan edi. Aftidan bu mavsum yakunlanganidan so‘ng Filipp futbolchilik faoliyatini yakunlaydi.
- “Real” haqida siz bilgan va bilmagan 10 ta fakt
- “Borussiya Dortmund” tarixidagi eng yaxshi 5 to‘purar
- Legionerlarimizda nima gap?
Shahzod Xolboev tayyorladi
Fikrlar