EChLda eng ko‘p mag‘lubiyatga uchragan jamoalar

  • 22 fevral, 2017, 09:27
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Klublar miqyosidagi eng nufuzli turnir – EChLda eng ko‘p mag‘lubiyatga uchragan jamoalar qaysi? Quyidagi maqolamiz orqali mazkur savolga javob topishingiz mumkin bo‘ladi.

“Oltin butsa”ga da’vogarlik qilayotgan 10 futbolchi

La ligada eng ko‘p o‘yin o‘tkazgab “Barselona” futbolchilari

Klattenburg haqida haqiqatlar

Do‘stiga hiyonat qilgan futbolchi haqida

5-6. “Galatasaroy”(Turkiya) – 51  marta

“Galatasaroy” – Turkiyaning eng sovrindor jamoasi sanaladi va azaliy raqibi – “Fenerbaxche”dan farqli ravishda “Saroy” xalqaro arenada ham zafar qucha olgan va bu borada mamlakatda yagona jamoa sanaladi. Ammo shunday jamoa EChL o‘yinlarida oz emas, ko‘p emas 51 bor mag‘lubiyatga uchragani diqqatga sazovor.

5-6. “Bavariya”(Germaniya) – 51

Xa, o‘qishda yanglishmadingiz. “Bavariya” ham EChLda eng ko‘p mag‘lubiyat alamini ta’tib ko‘rgan jamoalardan biridir. Mazkur turnirda 5 bor g‘olib chiqqan Myunxen superklubi EChL o‘yinlarida xuddi “Galatasaroy” singari 51 bor mag‘lubiyatga uchragan. Farqi, “Bavariya” istanbulliklardan ko‘proq o‘yin o‘tkazgan va ayni shu sabab ham bizning mazkur reytingimizdan joy oldi.

3-4. “Olimpiakos”(Gretsiya) – 52

Gretsiyaning eng sovrindor jamoasi bo‘lmish “Olimpiakos” jamoasi ham mag‘lubiyatga uchrash borasida “ustasi faranglardan”. Pireyliklarning EChLdagi eng yaxshi natijasi chorak final sanaladi. 1998/98 yilgi mavsumda “Olimpiakos” aynan Evropaning eng kuchli sakkiz jamoasi qatoriga qo‘shiladi. Ammo chorak finalda ikki o‘yin natijasiga ko‘ra “Yuventus”ga imkoniyat boy beriladi. Umuman olganda esa “Olimpiakos” EChLda 52 bor mag‘lubiyatga uchragan.

3-4. “Arsenal”(Angliya) – 52

“Arsenal”ni bu ro‘yhatda uchratganingzidan sira ajablanmasangiz ham bo‘ladi. Boisi, “to‘pchilar” mana ketma-ket 6 yildirki, 1/8 finaldayoq turnirdagi yurishini yakunlamoqda. Aftidan bu yil ham Venger jamoasini yana shunday qismat kutmoqda.

2. “Dinamo Kiev”(Ukraina) – 53

“Dinamo” so‘nggi vaqtlarda o‘z obro‘sini ancha yo‘qotdi. Kievliklarning “oltin davri” 90 yillarda o‘tgan deyish mumkin. Valeriy Lobanovskiy jamoasi 1997/98 yilgi mavsumda “Kamp Nou”da “Barselona” darvozasiga javobsiz 4 ta to‘p yo‘llab qaytganini ko‘pchilik yodidan ko‘tarmagan bo‘lsa kerak. Qayd etish joiz, “Dinamo”dan boshqa hech bir jamoasi EChLda “Kamp Nou”da mezbonlar darvozasiga javobsiz 4 ta to‘p yo‘llagan emas, xattoki, o‘sha Xaynkesning “Bavariya”si ham. Shunday bo‘lsada, kievliklar EChLda eng ko‘p mag‘lubiyatga uchragan ikki jamoadan biridir.

1. “Portu”(Portugaliya) – 54

2004 yilgi EChL g‘olibi sanaluvchi “Portu”ga mazkur turnirda eng ko‘p mag‘lubiyatga uchrash borasida “teng keladigan” jamoa yo‘q. “Ajdarlar” klublar miqyosidagi eng nufuzli turnirda 54 bor mag‘lubiyatga uchrab, maydonni boshlari egik holda tark etishgan.

Izoh: Saralash o‘yinlaridagi natijalar inobatga olinmagan

Shahzod Xolboev tayyorladi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!