Elenna Ostapenko: Rossiyada bunday joy borligini bilmas ekanman
Latviyalik Elenna Ostapenko, germaniyalik Yuliya Gyorges Sankt-Peterburg shahridagi "Grand Maket Rossiya" muzeyiga tashrif buyurishdi.
Mazkur sayohatdan ruhlangan Elena o‘zining taassurotlari haqida gapirib o‘tdi.
"Ajoyib sayohat. Avvallari, Peterburgda bundan muzey borligi haqida eshitmagan edim. Bu erda butun Rossiyani miniatyura orqali ko‘rish mumkin ekan. Bu erga bizni taklif qilgan tashkilotchilardan minnatdorman. Biz juda xursand bo‘ldik", deydi Elena.
Fikrlar