
Emelyanenko Sonnenni mag‘lub etib finalda ishtirok etish uchun yo‘llanmani qo‘lga kiritdi
Rossiyalik MMA jangchisi Fyodor Emelyanenko "Bellator" turniri finaliga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Yarim finalda Fyodor raqibi Chel Sonnenni birinchi raunddayoq nokautga uchratdi.
Ma’lumot uchun, Emelyanenko MMAdagi faoliyati doirasida 38 marta g‘alaba qozonib, 5 marotaba imkoniyatni boy bergan. Sonnen esa 48 uchrashuvda 16-marta mag‘lubiyatga uchradi.
"Bellator" turnirining final uchrashuvida Fyodor Rayan Beyderga qarshi oktagonda kuch sinashadi. Bellashuv Los-Anjelesda 2019 yil 26 yanvar kuni bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar