Endi Busketsning Suares va Pikedan kam joyi yo‘q
Kataloniyaning "Barselona" klubi yarim himoyachisi Serxio Buskets jamoa bilan shartnomasini uzaytirishga yaqin turibdi.
Marca nashrining xabar tarqatishicha, tomonlar avgust oyining o‘rtalaridayoq bu borada bir to‘xtamga kelishgan ammo kichik detallar sabab ushbu kelishuvni rasmiylashtirish kechikmoqda.
Manbaning xabar tarqatishicha, futbolchining maoshi tomonlarning kelishuvi uchun muzokara muddatining biroz cho‘zilishiga sabab bo‘lgan. Xususan, yangi shartnomaga ko‘ra Busketsning maoshi Suares va Pike bilan tenglashtiriladi.
Qayd etish lozim, 30 yoshli futbolchi 2008 yildan buyon Kataloniya jamoasi safida o‘ynab kelmoqda.
Fikrlar