Engil atletika. Toshkentda MOQ sovrini uchun O‘zbekiston chempionati start oldi

BEPUL PROPAN

 

Bugun, 26 mart kuni Toshkentda engil atletika bo‘yicha Milliy olimpiya qo‘mitasi sovrini uchun O‘zbekiston chempionati boshlandi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati ma’lum qildi. 

Respublika engil atletika markazi mezbonlik qilayotgan mazkur musobaqa kattalar, 19 hamda 17 yoshgacha bo‘lgan sportchilar o‘rtasida tashkil qilinmoqda. Unda atletlar bosqon uloqtirish, nayza uloqtirish, disk uloqtirish, yadro uloqtirish, shuningdek, uzunlikka va balandlikka sakrash yo‘nalishlarida g‘oliblik uchun kurash olib borishmoqda.

Kattalar o‘rtasidagi bahslar Indoneziyada bo‘lib o‘tadigan Osiyo o‘yinlari uchun terma jamoamiz tarkibini shakllantirish maqsadida tashkil etilayotgan bo‘lsa, 19 yoshgacha bo‘lgan sportchilar o‘rtasidagi bellashuvlarda Osiyo va jahon chempionatlarida yurtimiz sharafini himoya qiladigan sportchilar nomi ma’lum bo‘ladi. 17 yoshgacha bo‘lgan sportchilar o‘rtasidagi musobaqada esa Argentinada o‘tkaziladigan o‘smirlar o‘rtasidagi yozgi Olimpiya o‘yinlarida qatnashadigan vakillarimiz saralab olinadi.

Bahslarda Respublikamizning barcha viloyatlaridan 289 nafar sportchi o‘z omadini sinab ko‘rmoqda.

Qo‘shimcha sifatida shuni qayd etib o‘tishimiz lozimki, yaqinda Milliy olimpiya qo‘mitasi Prezidenti Umid Ahmadjonov tashabbusi bilan polvonlar yurti hisoblangan Surxondaryo hamda Qashqadaryo vohasidan 51 nafar sportchi saralab olindi. Ikki kun davom etadigan musobaqada aynan ushbu sportchilarning ishtirokiga ham alohida e’tibor qaratiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!